«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

153-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlari o'rnini almashtirish

Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yig'ilishining qarori asosida qarzdorning aktivlari o'rnini almashtirish, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq ovoz bersa, amalga oshirilishi mumkin. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilishga ta'sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi. Qarzdorning aktivlari o'rnini almashtirish ushbu Qonunning 131-moddasida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.