«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

156-modda. Tugatish boshqaruvchisini ozod etish

Tugatish boshqaruvchisi o'z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud tomonidan ozod etilishi mumkin: o'z arizasiga binoan; zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yig'ilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar yig'ilishining qarorida tugatish boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod haqidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak; vakolatli davlat organining arizasi asosida; ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tugatish boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda. Tugatish boshqaruvchisi o'z vazifasini bajarishdan qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham sud tomonidan ozod etilishi mumkin. Sud tugatish boshqaruvchisini o'z vazifasini bajarishdan ozod qilish bilan bir vaqtda yangi tugatish boshqaruvchisini ushbu Qonunning 142-moddasida nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Tugatish boshqaruvchisini o'z vazifasini bajarishdan ozod qilish haqidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.