«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

16-modda. Kreditorlar yig'ilishining bayonnomasi

Kreditorlar yig'ilishida bayonnoma yuritiladi. Kreditorlar yig'ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: kreditorlar yig'ilishi o'tkazilayotgan sanadagi holatga ko'ra kreditorlarning talablari reyestri; kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar; kreditorlar yig'ilishi ishtirokchilarining ro'yxatga olish varaqlari; kreditorlar yig'ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar; kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda tegishli vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari; ovoz berish byulletenlari; sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko'ra yoki kreditorlar yig'ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar. Kreditorlar yig'ilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig'ilishi o'tkazilgan sanadan e'tiboran ikki kundan kechiktirmay sudga topshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.