«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

160-modda. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini tamomlash

Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o'tkazish natijalari to'g'risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot ko'rib chiqilganidan keyin sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisining zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga o'n kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Sudning ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi to'g'risida yozuv kiritilishi uchun asos bo'ladi. Yagona davlat reyestriga tegishli yozuv sudning mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi haqidagi yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatiladi, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.