«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

162-modda. To'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari chog'ida kelishuv bitimini tuzishning o'ziga xos xususiyatlari

Qarzdor tomonidan kelishuv bitimini tuzish to'g'risidagi qaror kuzatuv va sud sanatsiyasi tartib-taomillari chog'ida qarzdorning rahbari, mazkur rahbar o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda esa sud boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadi. Agar kelishuv bitimi qarzdor uchun qonunchilikka yoki ta'sis hujjatlariga muvofiq qarzdorning boshqaruv organlari qaroriga (ma'qullashiga) ko'ra tuziladigan bitim bo'lsa, qarzdor nomidan kelishuv bitimini tuzish haqidagi qaror tegishli qarordan (ma'qullashdan) keyin qabul qilinishi mumkin. Tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarida kelishuv bitimini tuzish chog'ida bunday qaror (ma'qullash) talab etilmaydi. Qarzdorga, sud boshqaruvchisiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor bo'lgan uchinchi shaxslar ishtirokida kelishuv bitimi tuzilayotganda kelishuv bitimida uning tuzilishidan manfaatdorlik mavjud bo'lgan bitim ekanligi haqidagi, bunday manfaatdorlikning xususiyati ko'rsatilgan axborot bo'lishi kerak. Kelishuv bitimi kreditorlarning bajarilish muddati to'lovga qobiliyatsizlikning tegishli tartib-taomili joriy etilgan sanada boshlangan talablariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.