Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e'tiboran muvaqqat boshqaruvchi qimmatli qog'ozlar bozorining qarzdor professional ishtirokchisiga o'zlariga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarni boshqaruvga topshirgan qimmatli qog'ozlar bozoridagi investorlarga to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilganligi va muvaqqat boshqaruvchi o'z huquqini amalga oshira boshlaganligi haqidagi xabarnomani o'zi tayinlangan paytdan e'tiboran o'n kunlik muddat ichida yuborishi shart. Mijozlarning qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisi tasarrufida bo'lgan qimmatli qog'ozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Agar tashqi boshqaruvchining yoki tugatish boshqaruvchisining mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili joriy etilgan paytdan e'tiboran mijozlarning qolgan qimmatli qog'ozlari mijozlarga qaytarilishi lozim.
Agar mijozlarning o'ziga tegishli bir turdagi (bir emitent chiqargan, bir toifadagi, bir turkumdagi, bir seriyadagi) qimmatli qog'ozlarni qaytarishga doir talablari qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining ixtiyoridagi mazkur qimmatli qog'ozlar miqdoridan ortiq bo'lsa, mazkur qimmatli qog'ozlarni mijozlarga qaytarish mijozlarning talablariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mijozlar talablarining qanoatlantirilmagan qismi pul majburiyatlari deb e'tirof etiladi va ushbu Qonunning 11-bobida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi (to'lanadi).
Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining tashqi boshqaruvi tartib-taomili chog'ida tashqi boshqaruvchi o'ziga mijozlar tomonidan boshqaruvga topshirilgan qimmatli qog'ozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qog'ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisiga topshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
189-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishda kuzatuv, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarining o'ziga xos xususiyatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Qimmatli qog'ozlar bozorida ishlayotgan kompaniyalar bankrot bo'lsa, ularning mijozlarining qimmatli qog'ozlari va puli alohida saqlanadi va qaytariladi. Agar qog'ozlar yetishmasa, mijozlar o'z talablariga mutanosib ravishda qolgan qog'ozlarni oladi. Qolgan qismi esa oddiy qarz deb hisoblanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida qimmatli qog'ozlar bozorida ishlaydigan professional kompaniyalar va ularning mijozlariga tegishli.
**Amalda**
Agar broker kompaniyasi bankrot bo'lsa va 100 ta aktsiya bor bo'lsa, lekin 150 ta aktsiya talab qilinsa, har bir mijoz o'z talabiga mutanosib ravishda 100 ta aktsiyani oladi. Qolgan 50 ta aktsiyaning qiymati pul sifatida qanoatlantiriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.