«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

201-modda. Sud tomonidan arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini joriy etish

Sudning jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish va uning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi, agar bunday ariza ushbu Qonunning 196-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra berilgan bo'lsa, agar jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari isbotlangan hamda ushbu Qonunning 200-moddasida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi sodir bo'lsa, chiqariladi. Moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.