Sudning jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori quyidagi shartlardan biri mavjud bo'lgan taqdirda qabul qilinadi:
jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risida boshqa ish mavjud bo'lsa;
jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari yo'q bo'lsa;
ushbu Qonun 200-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan asoslar bo'lmasa;
kreditorning yoki tegishli vakolatli organning arizasida ko'rsatilgan talablar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ariza berilgan sanada sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlanmagan bo'lsa hamda kreditor yoki tegishli vakolatli organ va jismoniy shaxs o'rtasida da'vo ishi tartibida hal etilishi lozim bo'lgan huquqqa oid nizo mavjud bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
202-modda. Jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.