«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

210-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi: jismoniy shaxs mol-mulkining va mulkiy huquqlarining ro'yxati; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi sudga taqdim etilishidan oldingi olti oy uchun uning daromad manbalari haqidagi ma'lumotlar; kreditorlik qarzi, shu jumladan joriy majburiyatlarga doir to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlar; garovlar reyestrini yuritadigan tashkilotdan olingan kredit hisoboti va jismoniy shaxsning kredit tarixi haqidagi ma'lumotlar; kreditor yoki tegishli vakolatli organ qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini taqdim etganda, agar jismoniy shaxsning e'tirozlari bo'lsa, uning arizasi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga uning mol-mulkini va mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo'lgan taqdirda) ko'chirma nusxalari ham ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.