Agar ushbu Qonunning 221-moddasiga muvofiq qanoatlantirilishi kerak bo'lgan joriy majburiyatlarga doir talablarning, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan birinchi va ikkinchi navbatdagi kreditorlar talablarining to'liq qanoatlantirilishi nazarda tutilgan bo'lsa, kreditorlar yig'ilishi tomonidan ma'qullangan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Agar kreditorlar yig'ilishi tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi ma'qullanmagan bo'lsa, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxs mazkur rejani maromiga yetkazish uchun qo'shimcha muddat berish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etganda, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini tasdiqlash haqidagi masalani ko'rib chiqishni keyinga qoldirishi mumkin.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini maromiga yetkazish uchun sud tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha muddat ikki oydan ko'p bo'lishi mumkin emas.
Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi qarorni.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi kreditorlar yig'ilishi tomonidan ma'qullanmasa, sud ushbu rejani quyidagi holatlarda tasdiqlashga haqli:
rejani amalga oshirish jismoniy shaxsning barcha kreditorlari talablarini to'liq hajmda qanoatlantirish imkonini berganda;
jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijasida, shuningdek uning o'rtacha olti oylik daromadi miqdori kreditor va tegishli vakolatli organ talablarining kamida ellik foizini qanoatlantirganda.
Ushbu moddada nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
211-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini sud tomonidan ko'rib chiqish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud jismoniy shaxsning qarzini qayta tuzish rejasini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Agar kreditorlar yig'ilishi rejani ma'qullamasa ham, sud uni tasdiqlashi mumkin — agar rejani bajarish barcha qarzlarni to'liq to'lasa yoki mol-mulk sotish va daromad orqali kamida yarmi to'lansa. Sud 2 oydan ko'p muddat berishi mumkin emas.
**Kimga tegishli**
Bu qonun bankrotlik jarayonidagi jismoniy shaxslar va ularning kreditorlariga tegishli.
**Amalda**
Odam 100 million so'mning qarziga ega. Kreditorlar rejani rad etsa ham, sud uni tasdiqlashi mumkin: agar odam 50 million so'm to'lasa yoki mol-mulkini sotib 50 million to'lasa. Sud bu masalani 2 oyda hal qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.