Oliy ma'lumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo'lgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan o'tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan advokat ham sud boshqaruvchisi bo'lishi mumkin.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar;
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o'rnini qoplamagan shaxslar;
vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha to'xtatib turilgan (sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati vaqtincha to'xtatib turilgan muddatga) shaxslar;
o'ziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar).
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan asoslarga muvofiq to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar bo'lgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni tayinlashni rad etadi yoki sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod etadi.
Sud boshqaruvchisi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun o'z javobgarligini sud tomonidan sud boshqaruvchiligiga tayinlangan sanadan e'tiboran o'n kun ichida sug'urtalashi kerak.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilgan talablar to'lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yig'ilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sug'urta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
22-modda. Sud boshqaruvchilari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.