«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

25-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi

Sud boshqaruvchisi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladi. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini talab qilishga haqli. Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq yuklatilgan vazifalar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo'lsa, bu sud boshqaruvchisini o'z vazifalarini bajarishdan ozod etish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.