«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

26-modda. Sud boshqaruvchisiga haq to'lash

Sud boshqaruvchisiga vazifalarini bajarganligi uchun haq to'lash miqdori va tartibi bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda kreditorlarning yig'ilishi tomonidan belgilanadi, sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan to'lanadi. Jismoniy shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq to'lash uchun sudning depozit hisobvarag'iga mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan pul mablag'lari o'tkaziladi. Sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazilgan pul mablag'larining o'rni jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi jarayonida qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan ushbu Qonun 221-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki mavjud bo'lmagan taqdirda, agar kreditorlar yig'ilishida boshqacha kelishuv belgilangan bo'lmasa, moliyaviy boshqaruvchiga haq to'lash sudning depozit hisobvarag'iga arizachi tomonidan o'tkazilgan pul mablag'lari bilan cheklanadi. To'lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo'llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo'lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to'lash xarajatlarining o'rni qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq to'lash uchun sudning depozit hisobvarag'iga mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan to'lov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun to'lanadi. Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik va (yoki) to'lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo'llanilganda, sud boshqaruvchisiga haq to'lash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga to'lanadigan haq miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi va ushbu moddada belgilangan tartibda to'lanadi. Agar sud boshqaruvchisiga haq to'lash xarajatlari sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazilmagan bo'lsa, sud qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizani qaytaradi. Qarzdor jismoniy shaxsning uni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizasi bilan sudga murojaat etilganda sud moliyaviy boshqaruvchiga to'lanadigan haqni sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazishni kechiktirishi mumkin. Sud boshqaruvchisiga haq to'lash to'g'risidagi nizolar sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Kreditorlar yig'ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga ko'ra quyidagi hollarda qo'shimcha haq belgilanishi mumkin, agar: kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditor qarzdorlik to'liq to'langan bo'lsa, ushbu to'langan qarzdorlikka doir talablar summasining besh foizigacha miqdorda; kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning yetmish besh foizidan ko'prog'i qanoatlantirilgan bo'lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining uch foizigacha miqdorda; kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning ellik foizidan ko'prog'i qanoatlantirilgan bo'lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining bir foizigacha miqdorda. Ko'rilayotgan ish bo'yicha qo'shimcha haq sud boshqaruvchisiga ushbu ish bo'yicha to'langan umumiy summaning yarmidan oshmasligi kerak. Qarzdor to'lov qobiliyatini tiklash tartib-taomilidan tugatishga doir ish yuritish tartib-taomiliga o'tgan taqdirda ushbu davr uchun sud boshqaruvchisiga qo'shimcha haq to'lanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Sud boshqaruvchisi — bankrotlik ishini boshqaradigan mutaxassis. Uning ishiga haq to'lash kerak. Haq miqdori kreditorlar yig'ilishida belgilanadi va sudda tasdiqlanadi. Odatda, qarzdorning mol-mulkidan to'lanadi. **Kimga tegishli** Bu qoida bankrotlik jarayonida sud boshqaruvchisining haq to'lash tartibiga tegishli. **Amalda** Jismoniy shaxs bankrotlik arizasi bersa, arizachi avval sudning depozit hisobiga eng kam oylik ish haqi setti baravari pul o'tkazadi. Agar qarzdorning mol-mulki bo'lsa, undan haq to'lanadi. Agar mol-mulk bo'lmasa, depozitdagi pul bilan cheklanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.