To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bilan bog'liq xarajatlarning o'rni, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Sud boshqaruvchisi o'z huquq va majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida jalb etilgan shaxslarga haq to'lashni, sud xarajatlarini, qarzdorning ko'chmas mulkka bo'lgan huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish, mol-mulkini xatlovdan o'tkazish, baholash xarajatlarini, zarur hollarda, auditor xizmatlaridan foydalanganlik xarajatlarini, auktsion xarajatlarini, hujjatlarni saqlashga topshirish xarajatlarini, shuningdek to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish bilan bog'liq boshqa xarajatlarni to'lashni amalga oshirishi mumkin.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishga sud boshqaruvchisi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga to'lanadigan haqning miqdori qarzdor aktivlari balans qiymatining bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan hisob-kitob qilingan summadan kelib chiqib (bundan ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno), agar balans qiymatining summasi:
BHMning ming baravarigacha bo'lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o'n ikki foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
BHMning ming baravaridan besh ming baravarigacha bo'lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o'n foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
BHMning besh ming baravaridan o'n ming baravarigacha bo'lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining sakkiz foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
BHMning o'n ming baravaridan ortiq bo'lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining besh foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda foizlarda belgilanadi. Bunda xarajatlar BHMning ko'pi bilan ikki ming ikki yuz baravaridan oshmasligi kerak.
Ushbu moddaning maqsadlari uchun qarzdor aktivlarining balans qiymati to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilishidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobotlar asosida aniqlanadi.
Qarzdor aktivlarining haqiqiy balans qiymatini aniqlash imkoni bo'lmagan hollarda u baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan baholash qiymati asosida aniqlanadi. Ushbu qoidalar sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillariga nisbatan qo'llanilmaydi.
Qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bilan bog'liq xarajatlar haqidagi ma'lumotlar tegishincha sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish, shuningdek qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish va mol-mulkni sotish rejasida aks ettiriladi.
Garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bilan bog'liq xarajatlar, agar kreditorlar yig'ilishida yoki kreditorlar qo'mitasi majlisida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, garov bilan ta'minlangan kreditor tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
27-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bilan bog'liq xarajatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.