O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar yuzasidan majburiyatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o'tishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyati to'g'risidagi tartibni tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag'laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
vakolatli davlat organi to'g'risidagi nizomni tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
28-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining to'lovga qobiliyatsizlik sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.