To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo'lganda sud tomonidan qo'zg'atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ishni yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish va to'lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qo'llash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha to'lovga qobiliyatsizligi asos bo'ladi.
Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning doimiy to'lovga qobiliyatsizligi asos bo'ladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati asos bo'ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza berish uchun soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha qarzni undirish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
37-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.