To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e'tiboran;
vakolatli davlat organi;
qarzdorning majburiyatlari bo'yicha ta'minot bergan shaxs.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yig'ilishi (kreditorlar qo'mitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda qo'llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta to'lovga qobiliyatsizlikka, to'lovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
38-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.