«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

39-modda. Qarzdorning arizasi

Qarzdorning o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdor jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Qarzdorning o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: ariza berilgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo'lgan taqdirda); pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablari summasining qarzdor tomonidan tan olingan miqdori; qarzdorning xodimlar hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to'lanishi lozim bo'lgan ishdan bo'shatish nafaqasini to'lash borasidagi qarzdorligi summasi; mualliflik shartnomalari bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan haq summasi; soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha qarz miqdori; kreditorlarning talablarini to'la hajmda qanoatlantirishga qodir emaslikning asosi; qarzdorga nisbatan da'vo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul qilinganligi to'g'risidagi, shuningdek so'zsiz (aktseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi ma'lumotlar; qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablag'lari, debitorlik qarzi to'g'risidagi ma'lumotlar; qarzdorning bank hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili; ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o'zini to'lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar ham ko'rsatiladi. Kreditorlarga hamda to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o'z arizasidan ko'chirma nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo'lsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining ko'chirma nusxasi yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Qarzdor o'zi bankrotlik sudiga ariza topshiradi. Bu ariza sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Arizada qarzdorning qarz miqdori, mol-mulki, bank hisobvaraqlari va boshqa muhim ma'lumotlar ko'rsatiladi. **Kimga tegishli** Bu huquq yuridik shaxslar, yakka tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga tegishli. **Amalda** Masalan, savdo do'koni egasi 500 million so'mlik qarzga ega bo'lib, to'la to'lay olmasa, sudga ariza topshiradi. Arizada qarz miqdori, do'konning mol-mulki va bank hisobvaraqlari ko'rsatiladi. Kreditorlarga ham arizaning nusxasi yuboriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.