Qarzdorning o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasiga O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini, shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor to'la hajmda qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo'lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining ko'chirma nusxasi;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro'yxati, ularning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo'lgan taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi ko'rsatilgan holda;
qarzdor yuridik shaxsning so'nggi hisobot sanasidagi holatga ko'ra buxgalteriya balansi yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor jismoniy shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati to'g'risidagi hujjatlar;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
agar qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining yig'ilishi o'tkazilib, unda to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo'lsa, ushbu yig'ilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan ko'chirma nusxalari ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
40-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bankrotlik ishini boshlamoqchi bo'lgan qarzdor sudga ariza bilan birga maxsus hujjatlarni topshirishi kerak. Bu hujjatlar qarzdorning kimligini, qanday qarz-qariyalari borligini, mol-mulkining qiymatini va nima uchun to'la to'lay olmayotganini ko'rsatadi. Hujjatlar asl nusxasi yoki rasmiy ko'chirma bo'lishi shart.
**Kimga tegishli**
Bu talablar yuridik shaxslar (kompaniyalar), jismoniy shaxslar va yakka tadbirkorlarning barchasiga teng qo'llaniladi.
**Amalda**
Savdo kompaniyasi bankrotlik arizasini topshirayotganda: ta'sis hujjati, balans, kreditorlar ro'yxati (bank, ta'minotchilar), mol-mulk inventarizi va xodimlar yig'ilishining qarorini ilova qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.