«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

41-modda. Kreditorning arizasi

Kreditorning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o'zi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Kreditorning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: ariza berilayotgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo'lgan taqdirda); qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo'lgan taqdirda); qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo'lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati; kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati; ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati. Kreditor qarzdorga o'z arizasidan ko'chirma nusxa yuborishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.