Sud to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasi asosida O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini ta'minlashga doir chora-tadbirlar ko'rishga haqli.
O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida kreditorlarning talablarini ta'minlash bo'yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari sud bitimlarni sud boshqaruvchisining roziligisiz tuzishni taqiqlab qo'yishga, qimmatli qog'ozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni qarzdorning zimmasiga yuklatishga hamda qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta'minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko'rishga haqli.
Kreditorlarning talablarini ta'minlashga doir chora-tadbirlar tegishincha sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini joriy etish to'g'risida yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilinguniga qadar yoxud sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelguniga qadar kreditorlarning talablarini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Sudning kreditorlar talablarini ta'minlashga doir chora-tadbirlar ko'rish haqidagi ajrimi ustidan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
47-modda. Kreditorlarning talablarini ta'minlashga doir chora-tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.