«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

48-modda. Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri

Kreditor, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida arizasi qabul qilinganligi to'g'risidagi sud ajrimini olgan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda qarzdor, agar ushbu Qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, sudga, arizachiga va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko'rsatilmagan barcha kreditorlarni o'ziga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilganligi haqida xabardor qilishga haqli. Qarzdorning sudga yuborayotgan yozma fikriga uning ko'chirma nusxasi arizachiga hamda to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza yuzasidan yozma fikrda O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak. Qarzdorning yozma fikri mavjud emasligi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishning ko'rilishiga monelik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.