To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza tushgan kundan e'tiboran sudya besh kundan kechiktirmay kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organda e'tirozlar mavjud bo'lsa, sudya ularning e'tirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ e'tirozlari asosliligini tekshirishi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishning belgilangan muddati tugashiga kamida bir oy qolganda o'tkaziladi.
Sud qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning e'tirozlari asosliligini ko'rib chiqish natijalari asosida kreditorlar talablarini kreditorlarning talablari reyestriga kiritish haqida yoki ularni reyestrga kiritishni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan e'tirozlar asossiz deb topilgan bo'lsa, talablari miqdori va ularni qanoatlantirish navbati ko'rsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan e'tirozlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini to'xtatib qo'ymaydi.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish ko'rilayotganda sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
49-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
49-modda bankrotlik ishini sudga tayyorlash qoidalarini belgilaydi. Sudya ariza kelgan kundan besh kun ichida kuzatuv tartibini boshlaydi. Kreditorlar va soliq organlari e'tirozlarini tekshirish zarur bo'lsa, sudya ularni hal qiladi va talablarni ro'yxatga kiritish yoki rad etish to'g'risida qaror chiqaradi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoidalar bankrotlik ishlarini ko'rib chiqadigan sudyalarga va kreditorlarning talablarini himoya qilish jarayoniga tegishli.
AMALDA
Masalan, kompaniya to'lova qila olmasa, kreditor sudga ariza beradi. Sudya besh kun ichida ishni tayyorlaydi, kreditorlarning e'tirozlarini tekshiradi va ularning talablarini ro'yxatga kiritish haqida qaror chiqaradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.