«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

5-modda. To'lovga qobiliyatsizlik alomatlari

To'lovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat: vaqtincha to'lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e'tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo'lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi; doimiy to'lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo'lsa, o'tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo'lsa. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko'rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilayotganda qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.