«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

58-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni to'xtatib turish

To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha to'xtatib turilishi mumkin. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni to'xtatib turish sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud tomonidan ko'rib chiqishga monelik qilmaydi. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish to'xtatib turilgan taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni to'xtatib turish sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi. Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo'zg'atilgan taqdirda, to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish qo'zg'atilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori qabul qilinguniga qadar to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.