Sud xarajatlari, shu jumladan to'lov muddati kechiktirilgan yoki bo'lib-bo'lib to'lanadigan davlat boji bo'yicha xarajatlar, ma'lumotlarni ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq to'lash xarajatlari qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari to'lanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Sud qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar sudga qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli bo'ladi va kreditorlar o'rtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to'lash xarajatlarini taqsimlash tartibi sudning to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
59-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to'lash xarajatlarini taqsimlash
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud xarajatlari va sud boshqaruvchilariga to'lanadigan haqlar bankrotlik ishida qarzdorning mol-mulkidan birinchi navbatda to'lanadi. Agar sud qarzdorni bankrot deb topmasа, bu xarajatlar ish qo'zg'atgan kreditorlar o'rtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida bankrotlik ishida ishtirok etuvchi sud, sud boshqaruvchilari va kreditorlarga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya bankrotlik ishida 100 million so'm sud xarajati chiqdi. Sud kompaniyani bankrot deb topdi. Bu xarajatlar kompaniyaning qolgan mol-mulkidan boshqa barcha qarzlarga oldin to'lanadi. Agar kompaniya bankrot bo'lmasa, xarajatlar ish qo'zg'atgan kreditorlar o'rtasida teng taqsimlanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.