To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega bo'lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishlar O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha, ushbu Qonunda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
6-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.