Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi bergan arizalar, shu jumladan o'zi bilan kreditorlar o'rtasida, o'zi bilan qarzdor o'rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar to'g'risida ushbu Qonunga muvofiq berilgan arizalar, shuningdek kreditorlarning o'z huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari olingan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatdan kechiktirmay sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni ko'rib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning ko'chirma nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinishi kerak. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi mumkin.
Quyidagilar:
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to'lash va ishdan bo'shatish nafaqasi to'lash bo'yicha talablarning miqdori hamda tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o'rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
kreditorlarning, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish huquqiga ega bo'lmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan holda berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
60-modda. Arizalar va shikoyatlarni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.