«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

61-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta ko'rish bo'yicha ish yuritish

(61-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)

To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra chiqarilgan sud ajrimi O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda qayta ko'rilishi lozim. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan paytdan e'tiboran o'n kun o'tgach qonuniy kuchga kiradi. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko'rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi ajrimiga apellyatsiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan e'tiboran o'n kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan e'tiboran o'n kun ichida ko'rib chiqilishi lozim. Sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan, apellyatsiya tartibida ko'rilmagan ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir oy ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan e'tiboran o'n kun ichida ko'rib chiqilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.