Qarzdor tuzgan bitimni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi da'vo arizasi sudga qarzdorning nomidan sud boshqaruvchisi tomonidan o'z tashabbusi bilan yoki kreditorlar yig'ilishining yoxud kreditorlar qo'mitasining, shuningdek talablari kreditorning reyestriga kiritilgan bir yoki bir necha kreditorlarning qaroriga ko'ra berilishi mumkin.
Bitimni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talab bo'yicha da'vo muddati sud boshqaruvchisi ushbu Qonunda nazarda tutilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi shart bo'lgan kundan e'tiboran hisoblab chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
68-modda. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish to'g'risida ariza berish vakolatiga ega bo'lgan shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.