«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

69-modda. Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs

Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, quyidagi holatlar qarzdorning ishlarini boshqarish deb e'tirof etiladi: ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish huquqiga yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash imkoniyatiga to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelguniga qadar uch yil mobaynida ega bo'lish; to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari paydo bo'lgan paytdan boshlab va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingunigacha bo'lgan davrda ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash huquqiga ega bo'lish. Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslar quyidagilardan iborat: qarzdorning ijroiya organi rahbari va a'zolari, tugatish komissiyasi yoki qarzdorning tugatuvchisi; mustaqil ravishda yoki manfaatdor shaxslar bilan birgalikda aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalarining ellik va undan ortiq foiziga ega bo'lgan shaxslar; mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar ustav fondining (ustav kapitalining) yarmidan ko'pini tasarruf etish huquqiga ega bo'lgan shaxslar; rahbarni tayinlash (saylash) huquqiga ega bo'lgan shaxslar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.