«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

72-modda. Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsning huquqlari

To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida sudga berilgan arizaga asosan subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxs to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxsdir. Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida qarzdorga nisbatan qayta talab qo'yish (regress) huquqiga ega, uning talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlik qarzdorligiga doir barcha boshqa talablar qanoatlantirilganidan so'ng qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.