Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi ariza ushbu bobda belgilangan tartibda sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Arizada ko'rsatilgan shaxs qarzdorning ishlarini boshqaruvchi ekanligi to'g'risida yetarli ma'lumot mavjud emasligi aniqlansa, sud subsidiar javobgarlikka tortishni rad etishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilgan taqdirda, ushbu shaxsni javobgarlikka tortish masalasi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida ko'rib chiqiladi.
Agar ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish jarayonida subsidiar javobgarlik miqdorini aniqlash mumkin bo'lmasa, sud arizani ko'rib chiqishni subsidiar javobgarlikka tortish uchun zarur bo'lgan barcha dalillar aniqlanguniga va kreditor bilan hisob-kitoblar tugaguniga qadar to'xtatib turish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud tomonidan arizani ko'rib chiqish jarayonida da'voni ta'minlash to'g'risida ajrim chiqarilgan bo'lsa, ushbu arizani ko'rib chiqish to'xtatib turilgan davrda ham da'voni ta'minlash choralari amal qiladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan so'ng qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning talablari qanoatlantirilmagan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o'tkazish natijalari to'g'risidagi hisobotni, shuningdek kreditorlar yig'ilishining kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablari miqdori to'g'risidagi qarorini ilova qilgan holda subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi ishni tiklash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Subsidiar javobgarlik miqdorini belgilash to'g'risidagi masala va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o'tkazish natijalari haqidagi tugatish boshqaruvchisining hisoboti sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
73-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud subsidiar javobgarlikka tortish arizasini maxsus tartibda ko'rib chiqadi. Agar arizada ko'rsatilgan shaxs haqiqatan qarzdorni boshqarganligiga dalil bo'lmasa, sud arizani rad etishi mumkin. Agar barcha dalillar to'planmagan bo'lsa, sud ko'rib chiqishni to'xtatib turadi.
**Kimga tegishli**
Bu tartibi sud, kreditorlar, qarzdor va uning boshqaruvchisiga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya bankrot bo'ldi. Kreditor uning direktori shaxsan javobgarlik olishni talab qildi. Sud avval direktor haqiqatan kompaniyani boshqarganligini tekshiradi. Agar dalillar yetarli bo'lmasa, arizani rad etadi. Agar dalillar to'liq bo'lmasa, sud ko'rib chiqishni to'xtatib, qolgan dalillarni to'plashni kutadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.