«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

74-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi talab qilish huquqidan foydalanish

Tugatishni boshqaruvchi subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash haqida kreditorlarni qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati olingan sanadan e'tiboran uch kun ichida xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan sanadan e'tiboran o'n kun ichida kreditor tugatish boshqaruvchisiga subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida quyidagi talab qilish huquqidan foydalanish usullaridan birini tanlashga doir arizani yuborishga haqli: to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida qarzni undirish; talab qilish huquqini sotish; talab qilish huquqidan yoki uning bir qismidan boshqa kreditor foydasiga voz kechish. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnoma yuborilgan sanadan e'tiboran yigirma kun ichida tugatish boshqaruvchisi sudga kreditorlar tomonidan subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash natijalari haqidagi hisobotni yuboradi. Hisobotda har bir kreditorning tanlovi, talablarning miqdori va navbati to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak. Kreditor ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat ichida ariza taqdim etmagan taqdirda, kreditor ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan deb hisoblanadi. Sudning subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi hujjati asosida sud: ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan har bir kreditorga ushbu Qonunning 150-moddasida nazarda tutilgan talabni qanoatlantirish navbati va miqdori ko'rsatilgan holdagi ijro hujjatini talablarining summasiga muvofiq beradi; to'lovga qobiliyatsizlikka doir ijro hujjatini qolgan summani undiruvchi sifatida qarzdorga beradi. Agar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasi mazkur modda ikkinchi qismining uchinchi va to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasidan ortiq bo'lsa, tugatish boshqaruvchisi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida subsidiar javobgarlik bo'yicha qarzni undirishni amalga oshiradi. Aks holda, sud boshqaruvchisi talab qilish huquqini sotish va boshqa kreditor foydasiga voz kechish usullarini tasdiqlash uchun kreditorlar yig'ilishini chaqiradi. Agar subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi sud hujjatining ijrosini ta'minlash haqidagi ijro varaqasi to'lovga qobiliyatsizlik doirasidagi ish bo'yicha undiruvchi sifatida qarzdorning nomiga berilgan bo'lsa va uning ijrosi ushbu Qonunning 140-moddasida nazarda tutilgan tugatishga doir ish yuritish muddatining oshishiga olib kelsa, qarz boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechish yoki qarzni boshqa shaxsga o'tkazish orqali undirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.