«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

84-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari

Muvaqqat boshqaruvchi: qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash choralarini ko'rishi; qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; qarzdorning kreditorlarini aniqlashi va kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqida kreditorlarni xabardor qilishi; kreditorning talabiga ko'ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni o'n kunlik muddatda taqdim etishi; kreditorlarning birinchi yig'ilishini chaqirishi va o'tkazishi shart. Muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tartib-taomili tugagandan keyin, lekin sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda sudga o'z faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlarni hamda qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yig'ilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.