Joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish ob'yektlari va ko'ngilochar, ma'rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga mo'ljallangan ob'yektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yo'riqchi-yo'l boshlovchilarning xizmatlari majmui turistik industriyadir.
Turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasiga muvofiq turistik industriyadagi xizmatlarning turlari quyidagilardan iboratdir:
turlarni taqdim etish bo'yicha xizmatlar;
yashash joylarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar;
ovqatlantirish bo'yicha xizmatlar;
axborotga oid, reklama xizmatlari;
transport xizmatlari;
barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va ko'ngilochar ob'yektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qo'yish, sotish va yetkazib berish) bo'yicha xizmatlar.
Turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn14-modda. Turistik industriya va turistik industriyadagi xizmatlarning turlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.