«Turizm to'g'risida»gi qonun

15-modda. Turistik industriya ob'yektlarini tasniflash

Turistik industriya ob'yektlarini tasniflash va ularga toifalar berish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Joylashtirish vositalarini, tog' chang'isi trassalarini, plyajlarni o'z ichiga olgan turistik industriya ob'yektlarini tasniflash va ularga toifalar berish, shuningdek berilgan Toifalar reyestrini yuritish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Joylashtirish vositalari mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualarni, dam olish uylari va zonalarini, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylarini, o'tov va chodirli oromgohlar, sanatoriylarni hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish bo'yicha xizmatlar) ko'rsatiladigan boshqa ob'yektlarni, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transportini o'z ichiga oladi. Toifa berilgan turistik industriya ob'yektining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.