Vasiylar o'z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo'lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko'zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.
Homiylar o'z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo'lib, homiyligidagi shaxslarga o'z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko'maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo'ladigan suiiste'molliklardan muhofaza qiladi.
Vasiylar va homiylar:
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilashga;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni qonuniy asoslarsiz o'zida ushlab turgan har qanday shaxsdan, shu jumladan ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilishga;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta'minoti, unga tarbiya, ta'lim berish va uning sog'lig'ini saqlash bo'yicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olishga;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli bo'lmagan bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishga;
zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, ta'lim muassasalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilishga;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning davolanishi va sog'lig'ini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yo'llanmalar olish uchun sog'liqni saqlash muassasalariga murojaat qilishga haqli.
Vasiylar va homiylar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Vasiy yoki homiy o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo'lishiga to'sqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan hollar bundan mustasno.
Vasiy yoki homiy, uning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiyning yoki homiyning eri (xotini), uning yaqin qarindoshlari o'rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo'lishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
31-modda. Vasiylar va homiylarning huquqlari
(31-модда учинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vasiylar va homiylar bolalar yoki boshqa himoya qilinishi kerak bo'lgan odamlarning qonuniy vakillari. Ular bu shaxslarning nomidan shartnomalar tuzadi, ularni tarbiyalaydi va ularning huquqlarini himoya qiladi. Vasiylar va homiylar bolalarni suiiste'molliklardan saqlaydi va ularning ta'lim, tibbiy yordam olishlarini ta'minlaydi.
**Kimga tegishli**
Bu huquqlar vasiylik va homiylik munosabatlarida bo'lgan barcha vasiylar va homiylarning huquqlaridir.
**Amalda**
Vasiy o'z himoyasidagi bolani tarbiyalash usulini o'zi belgilaydi, uning fikrini hisobga oladi. Agar kimdir bolani qonunsiz o'z yonida ushlab tursa, vasiy sudga murojaat qilib bolani qaytarib berishni talab qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.