Vasiylar va homiylar:
o'zining yashash joyi o'zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni tarbiyalashi, uning ta'minoti, sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishi, shuningdek uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
o'z vasiyligidagi shaxsning maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim olishi uchun sharoitlarni ta'minlashi;
alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy to'lovlar to'lashni talab qilish yuzasidan zarur choralar ko'rishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning o'zlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yo'l qo'ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug'dirmasligi;
ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan hollarda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlarini olishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini boshqarishdan tushgan daromadlardan va boshqa mavjud mablag'laridan uning ta'minoti uchun foydalanishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning parvarish qilinishini, tibbiy kuzatuvini va davolash-profilaktika muassasalarida davolanishini ta'minlashi;
vasiylik va homiylik organlariga o'z majburiyatlarining bajarilishi haqida hisobotlar taqdim etishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs statsionarda davolanish uchun joylashtirilganligi haqida vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi;
agar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga yoki muomala layoqati cheklanganligiga doir asoslar bekor bo'lgan bo'lsa, o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to'g'risida sudga ariza bilan murojaat qilishi;
o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi voyaga yetmagan shaxs bilan birga yashashi shart.
O'z homiyligidagi shaxs bilan birga yashayotgan homiyning yashash joyini o'zgartirishi vasiylik va homiylik organining yozma ruxsati va o'n to'rt yoshga to'lgan voyaga yetmaganning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Homiyning o'z homiyligidagi o'n olti yoshga to'lgan shaxsdan alohida yashashiga, basharti bu homiylikdagi shaxsning tarbiyasiga, ta'minotiga va ta'lim olishiga, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga salbiy ta'sir ko'rsatmasa, vasiylik va homiylik organlarining yozma ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Homiy o'z homiyligidagi shaxsdan alohida yashagan taqdirda, uning yashash, ta'lim olish sharoitlarini nazorat qilishi, uni atrofdagilarning salbiy ta'siridan himoya qilishi shart.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsning turar joyi mavjud bo'lmagan taqdirda, vasiy yoki homiy uy-joy to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq uni olish bo'yicha choralar ko'rishi shart.
Muomala layoqati cheklangan fuqarolarning homiylari ularni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste'mol etishdan, chekishdan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Vasiylik va homiylik bo'yicha majburiyatlar bepul bajariladi.
Vasiylar va homiylarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
32-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari
(32-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.