«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

8-modda. Ta'lim tizimi va din

O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgandir. Ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta'lim muassasalari mustasno) yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta'lim olish huquqi, ularning dinga bo'lgan munosabatidan qat'i nazar, ta'minlanadi. Har kim diniy ta'lim muassasalarida professional diniy ta'lim olish huquqiga ega. Diniy ta'lim muassasalarida o'qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim yoki professional ta'lim olganidan keyin qabul qilinadi. Diniy professional ta'lim olgan shaxslar diniy ta'lim muassasalarida diniy fanlarni o'qitish faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egadir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.