Diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan joyda, shu jumladan ibodat qilinadigan binolarda hamda ularga tegishli hududlarda, dafn etish joylarida, ziyoratgohlarda, diniy zaruriyat bo'lgan taqdirda fuqarolarning xohishiga ko'ra ularning uylarida o'tkaziladi.
Kasalxonalarda, gospitallarda, internat muassasalarida, dastlabki qamoq va jazoni o'tash joylarida, ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu joylardagi fuqarolarning iltimoslariga ko'ra o'tkazilishi mumkin.
Ibodat qilinadigan binolardan tashqaridagi ommaviy diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlar dinga e'tiqod qiluvchilardan majburiy pul yig'imlari va to'lovlar undirishga, shuningdek ularga nisbatan shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi choralarni qo'llashga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
9-modda. Diniy rasm-rusumlar va marosimlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.