Velosiped individual harakatlanish vositalari tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo'lishi zarur. Sutkaning qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zarg'aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o'rnatilishi kerak.
Individual harakatlanish vositalari old tomonidan fara chiroqlari va orqa tomonida ogohlantirish chiroqlari yoki nur qaytargichlar bilan jihozlangan bo'lishi shart.
Velosiped yo'lkasi bo'lmagan holda yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari bo'lgan ustki kiyimda bo'lishi shart.
Ushbu nur qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar tomonidan ko'rinishi ta'minlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
167-band. 28-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab o'tishga doir qo'shimcha talablar — 167-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.