Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

168-band. 28-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab o'tishga doir qo'shimcha talablar — 168-band

Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: rulni ushlamasdan yoki bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); odam tashish (ishonchli oyoq qo'ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan bolani tashish bundan mustasno); gabaritidan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish; velosiped yo'lkasi bo'lgan holda yo'lning qatnov qismida harakatlanish; tramvay harakatlanadigan yo'llarda va shu yo'nalishda harakatlanish uchun bo'lagi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish; yo'lning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar o'tish joyidan velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini boshqarib kesib o'tish (velosiped yo'laklarida harakatlanish bundan mustasno). Velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosipedga mo'ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.