Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan bo'lishi kerak:
yo'lda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda;
yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, shuningdek, og'ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;
portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o'ta yuqori bo'lgan moddalarni tashishda;
umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo'llarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda.
Yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa ishtirokchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
28-band. 6-bob. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari — 28-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.