Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yo'l qurilishi, ta'mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz bo'lgan, shuningdek, qonunchilikda ko'zda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda, tashishda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo'l belgilari (2.2, 2.4 — 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yo'l belgilaridan tashqari), yo'l chiziqlari hamda 67 — 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
Yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, og'ir vazn va katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat xavfsizligini ta'minlash sharti bilan yo'l chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
29-band. 6-bob. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari — 29-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.