Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, kollegial ijro etuvchi organi a'zolari o'z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko'zlab, halol va oqilona harakat qilishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, kollegial ijro etuvchi organi a'zolari jamiyatga o'z aybli harakatlari (harakatsizligi) yoki fidutsiar (muayyan majburiyat olgan shaxsning unga ishonch bildirgan shaxs manfaatlari yo'lida harakat qilishi) majburiyatlarini bajarmaganligi tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonun hujjatlarida boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari ko'rsatilmagan bo'lsa, jamiyat oldida javobgar bo'ladi. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolari, kollegial ijro etuvchi organi a'zolari javobgar bo'lmaydi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, kollegial ijro etuvchi organi a'zolarining javobgarligi asoslari va miqdorini aniqlashda ish muomalasi odatlari hamda ish uchun ahamiyatli boshqa holatlar e'tiborga olinishi kerak.
Agar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo'lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar bo'ladi.
Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyatning kuzatuv kengashi a'zosi, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va kollegial ijro etuvchi organi a'zosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi to'g'risidagi da'vo bilan sudga murojaat etishga haqli.
Agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo'lsa va bunda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda, jamiyatning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
46-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, kollegial ijro etuvchi organi a'zolarining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.