«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

47-modda. Jamiyat boshqaruvida minoritar ishtirokchilar

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi kun tartibidagi masala bo'yicha ovoz berish natijalariga o'z ovozi ta'sir qilmaydigan ishtirokchi minoritar ishtirokchi hisoblanadi. Minoritar ishtirokchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar ishtirokchilar qo'mitasi tashkil etilishi mumkin. Minoritar ishtirokchilar qo'mitasi jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatiga, kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organi esa minoritar ishtirokchilar qo'mitasining faoliyatiga aralashishga haqli emas. Minoritar ishtirokchilar qo'mitasini tashkil etish tartibi va uning vakolatlari jamiyat ustavida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.