«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

48-modda. Jamiyat boshqaruvida majoritar ishtirokchi

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ellik foizdan ortiq ulushga egalik qiluvchi yoxud ulushi miqdori jamiyatning boshqa har bir ishtirokchisi ulushiga nisbatan ko'p bo'lgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ishtirokchi majoritar ishtirokchi hisoblanadi. Jamiyatning majoritar ishtirokchisi jamiyat va boshqa ishtirokchilar manfaatlariga zarar yetkazilishi o'ziga ayon bo'lgan taqdirda, o'ziga tegishli ulushlar bo'yicha ustunlik mavqeidan shaxsiy manfaatini ko'zlab foydalanmasligi va qarorlar qabul qilmasligi hamda jamiyat boshqaruv organlari yig'ilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa ishtirokchilarning manfaatlariga mos kelmaydigan yoki ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilinishi natijasida jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilishi oldindan ma'lum bo'lgan masalalarni hal etish uchun kiritmasligi kerak. Jamiyatning majoritar ishtirokchisi ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa ishtirokchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.