«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

6-modda. Jamiyatning vakolatxonalari va filiallari

Jamiyatning vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida ishtirokchilarning kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko'proq soni zarurligi nazarda tutilmagan bo'lsa) qabul qilingan qarorga binoan amalga oshiriladi. Filial jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini bajaradigan alohida bo'linmadir. Vakolatxona jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida bo'linmadir. Jamiyatning vakolatxonasi va filiali yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda jamiyat tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Vakolatxonaning yoki filialning rahbari jamiyat ijro etuvchi organining qaroriga asosan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, vakolatxona va filial faoliyati uchun ularni tashkil etgan jamiyat javobgar bo'ladi. Jamiyatning vakolatxonalari va filiallari Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestrida ko'rsatilishi shart. Jamiyat tomonidan O'zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, vakolatxonalar va filiallar joylashgan yerdagi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.