Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirishga, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishiga oldindan rozilik olish uchun tegishincha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirish, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olish masalasi yuzasidan ariza kelib tushgan kundan e'tiboran ikki oy muddatda qaror qabul qiladi.
Agar vakolatli davlat organi tomonidan tovar yoki moliya bozorida xususiy tadbirkorlik sub'yektlari mavjud emasligining ob'yektiv sabablari aniqlanmagan bo'lsa, davlat ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek ularning affillangan shaxslariga uch yil muddat mazkur tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni va (yoki) ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirishni, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishini ushbu Qonun 24-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda rad etadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirish, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishi bo'yicha harakatlar tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin.
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirish, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik berish to'g'risida qarorlar qabul qilish chog'ida raqobatni ta'minlashga qaratilgan talablarni belgilashi mumkin.
Vakolatli davlat organining davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini o'zgartirish, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik berish to'g'risidagi qarori, agar qaror bir yil ichida ijro etilmasa, o'z kuchini yo'qotadi.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini, shuningdek ta'sis hujjatlariga kiritilayotgan o'zgartishlarni hamda ular tomonidan aktsiyalar olinishini ro'yxatdan o'tkazish (qayta ro'yxatdan o'tkazish) chog'ida vakolatli davlat organining oldindan roziligi mavjudligini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi va vakolatli davlat organining oldindan rozilik berish to'g'risidagi qarori arizachi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, ro'yxatdan o'tkazishni rad etishi shart, bundan O'zbekiston Respublikasi qonunlarida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn25-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o'zgartirish, shuningdek ular tomonidan aktsiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik olish tartibi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Davlat puli bilan ishlaydigan korxonalar (davlat ishtirokidagi korxonalar) o'zlarini qayta tashkil etishga, yangi ish turini boshlashga yoki aktsiya sotishga oldindan davlat ruxsatini olishi kerak. Bu ruxsat berish jarayoni ikki oyda tugashi kerak. Agar xususiy tadbirkorlar shu bozorda bo'lmasa, davlat korxonasiga uch yil ishlash imkoni beriladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida davlat puli bilan ishlaydigan barcha korxonalar va ularning bog'langan tashkilotlariga tegishli.
**Amalda**
Davlat banki o'zining filialini boshqa shahardan o'tkazmoqchi bo'lsa, oldin vakolatli davlat organiga ariza beradi. Organ ikki oy ichida javob beradi va raqobatga zarar bermasligi isbotlansa, ruxsat beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.